Maktab o'quvchilari orasida qizlar ko'pmi yoki o'g'il bolalar?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili boshida respublikadagi maktablarda jami 6,3 mln. nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Ta'kidlanishicha, ularning 51,3 % ini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda. O‘quvchilarning  3,1 mln nafariini esa qiz bolalar tashkil qilmoqda.

Shuningdek, O'zbekistonning barcha hududlarida yangi maktablar bunyod etilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda yoki mukammal ta’mirlanmoqda.

Respublika bo'ylab jami 788 ta maktab qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Mazkur qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlari uchun jami 3,1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.

Eslatib o'tamiz, statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshida maktablar soni 10 289 tani tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51500 | Инструменты