Huawei 1
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi xodimlar koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarining koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.

2025-yil 1-sentyabrdan:

–  umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

–  umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;

–  I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.

2026-yil 1-yanvardan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32203 | Инструменты