Joriy yilning 20-22-oktyabr kunlari Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi.
Ushbu festival Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladi. Undan tashqari bu tadbir Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitishda, hunar va san’atga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishida muhim o‘rin tutadi.
23-24-sentyabr kunlari YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi boshchiligidagi taniqli mutaxassislar va ekspertlardan iborat delegasiya Farg‘ona viloyatiga keladi.
Tashrif davomida festivalni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.
Mavzuga doir
Ispaniyada O'zbekiston turizmi va madaniy merosiga bag'ishlangan festival bo'lib o'tdi
Toshkent shahrida "Tinchlik navosi" nomli xalqaro festival bo'lib o'tadi
IT sohasida Prezident sovrini uchun tanlov oʻtkaziladi
Qoraqalpogʼiston xalq rassomi Igor Savitskiyning haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi
Alpha version: 0.9.1.19 build 22020 | Инструменты