Huawei 1
Toshkent shahrida "Tinchlik navosi" nomli xalqaro festival bo'lib o'tadi

Joriy yil 22-24-avgust kunlari Toshkent shahrida SHHTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning harbiy orkestlari ishtirokida xalqaro festival bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturiga ko‘ra, 22-avgust kuni soat 19.00 dan 20.30 gacha Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar harbiy orkestrlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etiladi.

Shuningdek, festivalda vatanparvarlik, mardlik va shijoatni madh etuvchi maftunkor navolari ijrosidagi jahonning mumtoz asarlari, betakror repertuarlar bilan boyitilgan estrada va jaz musiqalari, ko‘rgazmali harbiy saf repertuarlari namoyish etiladi.

Festivalning tantanali yopilish marosimiga bag‘ishlangan barcha harbiy orkestrlar ishtirokidagi “Tinchlik navosi” nomli xalqaro festivalning yakuniy gala-konserti – 24 avgust kuni soat 13.00 dan boshlab poytaxtimizdagi “HUMO” arena muz saroyi maydonida bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturlarining o‘tkazilish joyi bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22122 | Инструменты