Huawei 1
Marg‘ilonda Nexia-3’ni yuk poyezdi urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda 19 fevral kuni kechki payt Farg‘ona viloyatida avtomobil va poyezd ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Matbuot xizmati maʼlumot berdi. 

Qayd etilishicha, taxminan soat 22:30 da Oxunboboyev va Marg‘ilon bekatlari oralig‘ida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezdni "ilon izi" usulida aylanib o‘tishga uringan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga transportda xavfsizlikni taʼminlash xizmati xodimlari va temir yo‘l mutaxassislari darhol yetib kelishgan va voqea tafsilotlarini ko‘zdan kechirishgan. Yengil avtomobil haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda.

Hozircha hodisaning batafsil tafsilotlari o‘rganib chiqilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatida Damas’ni poyezd urib yuborgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22205 | Инструменты