Huawei 1
Markaziy bank 7−8ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini bekor qildi

Markaziy bank yangi talablarga javob bermagani uchun bir nechta to‘lov xizmatlarining litsenziyalarini bekor qildi. Bu haqda 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

“Yetti-sakkiztaga yaqin to‘lov tashkiloti bizning talablarimizni bajarmadi, shuning uchun biz ularning litsenziyalarini bekor qildik. Iyul oyida 3−4ta tashkilot o‘z majburiyatlarini bajarish uchun bir necha kunga kechiktirildi. Bu faqat aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tish uchun hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq”, — dedi Markaziy bank raisi.

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekistondagi barcha to‘lov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklida faoliyat yuritishi kerak. Shu bilan birga, to‘lov tizimi operatorlarining ustav kapitali 50 mlrd so‘m, to‘lov tashkilotlariniki esa 10 mlrd so‘mni tashkil etadi. 2025-yilning 1-iyulidan boshlab 20 mlrd so‘mga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты