O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, endi mashinaning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari kerak.
Qayd etilishicha, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda (velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda) yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi kerak.
Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, hujjatga ko’ra, inson hayotini saqlab qolish uchun muhim bo’lgan bir nechta chora-tadbirlarni Ichki ishlar vazirligi tomonidan targ‘ib qilish kerakligi qayd etilgan.
Jumladan:
- transport vositasining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari;
- sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lni kesib o‘tishda, yo‘l yoqalaridan yoki qatnov qismining chetidan harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar bo‘lishi.
Bu, albatta, majburiy talab emas, balki shunchaki taklif, targ’ibot ko’rinishida amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21402 | Инструменты