Huawei 1
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

Milliarder Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti o‘z akkaunti bloklanganidan keyin kiritgan da’voni hal etish maqsadida Donald Trampga qariyb 10 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Da’vo arizasi 2021 yilda Twitterʼga va kompaniyaning o‘sha vaqtdagi direktori Jyek Dorsiga qarshi ilgari surilgan edi.

Nashr suhbatdoshlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp jamoasi AQSh rahbarining Mask bilan yaqin munosabatda ekani va biznesmen uning saylovoldi kampaniyasiga 250 million dollar sarflagani sabab sud jarayonini to‘xtatish variantini ham ko‘rib chiqqan.

2021 yil yanvarda Facebook, Instagram va Twitter Donald Trampning akkauntlarini AQSh prezidentligi saylovlari natijasidan norozi bo‘lgan tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirganidan keyin bloklagan edi. Ijtimoiy tarmoqlar rahbarlariga ko‘ra, Tramp postlari orqali tartibsizlik ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlagan. 2022 yil noyabrda Twitterʼning egasiga aylangan Mask Trampning akkauntini blokdan chiqargandi.

Meta kompaniyasi 2025 yil yanvar oxirlarida 2021 yildagi da’voni hal etish uchun Trampga 25 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi. The New York Times ko‘ra, 22 million dollar Trampning prezident kutubxonasini moliyalashtirishga, qolgan 3 million dollar esa sud jarayonlari kompensatsiyasi uchun yo‘naltiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21402 | Инструменты