Germaniyaning Myunxen shahrida avtomobil norozilik namoyishiga chiqqan odamlar ustiga haydaldi, deb xabar beradi Bild.
«Transport vositasi haydovchisi hodisa joyida zararsizlantirilgan, ayni vaqtda u hech qanday xavf tug‘dirmayapti», — deyiladi Myunxen politsiyasi xabarida.
Bayerischer Rundfunk nashriga ko‘ra, hodisa Myunxen markazida sodir bo‘lgan. Haydovchi mashinani qasddan odamlar ustiga haydagan, oqibatda kamida 20 kishi jarohat olgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, avtomobilni 26 yoshli afg‘onistonlik erkak boshqargan. Huquq-tartibot organlari gumonlanuvchini qo‘lga olishda avtomobilni o‘qqa tutgan.
Jabrlanganlar Verdi — budjet sektori ishchilarining kasaba uyushmasi tashkil etgan norozilik aksiyasi ishtirokchilaridir. Verdi mitingi Kyonigsplats maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Namoyish ishtirokchilari maoshlari oyiga kamida 350 yevroga oshirilishini talab qilmoqda. Shu bois ko‘plab muassasalar, jumladan, munitsipal shifoxona ham faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda 450 ta munitsipal bog‘chalardan taxminan 253 tasi to‘liq yopilgan, 33 tasi qisman faoliyat yuritmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21321 | Инструменты