Huawei 1
Matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiada yakunlandi

Joriy yilning 26-27-oktabr kunlari Nukus shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 40 dan ortiq oliygohdan 200 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Bilim sinovining yakunida g'alaba eng kuchlilarga nasib qildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida  II Xalqaro olimpiada g‘oliblariga  diplom va medallar topshirildi.

Natijalarga ko`ra fan olimpiadasida umum jamoa hisobida I o‘rinni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti egalladi.

II o‘rinni Turkmaniston Respublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti,  III o‘rinni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qo'lga kiritdi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21201 | Инструменты