Huawei 1
Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari o‘zgartirildi

21-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • “katta leytenant” – 3 yil;
  • “kapitan” – 4 yil;
  • “mayor” – 5 yil;
  • “podpolkovnik” – 6 yil”.

Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • “bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
  • “bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
  • “bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
  • “bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.

Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • “katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
  • “kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
  • “mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
  • “podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • “katta leytenant” – 3 yil;
  • “kapitan” – 4 yil;
  • “mayor” – 5 yil;
  • “podpolkovnik” – 6 yil”.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91804 | Инструменты