O‘zbekistonda turizm jadal rivojlanmoqda va turistik xizmatlarga bo‘lgan talab muttasil ortib bormoqda. Shu munosabat bilan mehmonxona biznesini rivojlantirish turizm sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Mehmondo‘stlik sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 2025-yil 26-fevral kuni Toshkent shahrida IV Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Shu kunlarda hakamlar hay’ati mehmonxonalarni har tomonlama baholab chiqmoqda. Jumladan, mutaxassislar tanlovda qatnashish uchun eng ko‘p ariza topshirgan Xorazm viloyatidagi mehmonxonalar bilan tanishmoqda. Bunda asosiy e’tibor xizmat ko‘rsatish darajasi, xizmatlar sifati, tozalik, xavfsizlik va boshqa muhim mezonlarga qaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan mehmonxonalar va mehmon uylari qatnashishi mumkin, jami 30 ta nominatsiya taqdim etilgan. Nomzodlarni TrustYou - xizmatlar sifatini boshqarish, mehmonlar fikr-mulohazalarini to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha yetakchi xalqaro reyting agentligi baholaydi.
2024-yilda O‘zbekiston hududlarida 160 ta yangi mehmonxona, 309 ta oilaviy mehmon uyi va 195 ta xostel ochildi. Natijada mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarining umumiy soni 160 ming o‘ringa mo‘ljallangan 6 mingdan ortiq obyektni tashkil etdi (o‘sish so‘nggi uch yilda 17 foizga yetdi).
Alpha version: 0.9.1.19 build 20515 | Инструменты