Huawei 1
Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi tashkil etiladi

“O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-75-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Milliy statistika qo'mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etiladi.

Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo'nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas'ul etib belgilandi, jumladan:

— ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan statistik ma'lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;

— mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko'rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;

— statistika ma'lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo'naltirilganlikni) joriy etish.

Shuningdek, Milliy statistika qo'mitasi to'g'risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Avvalroq, Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilishi haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30117 | Инструменты