Huawei 1
Moskvada o’zbekistonliklar tojikistonliklar bilan ommaviy mushtlashishdi

Moskvadagi turar joy majmuasi qurilishida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa kecha, 18-mart kuni tongda yuz bergan. Unda “Ostrov” turar joy majmuasining ellikdan ortiq ishchisi armatura va bolg‘a bilan ommaviy mushtlashuv uyushtirgan.

Nizoga quruvchilarning oshxonaga tashrif buyurish vaqtini kelisha olmagani sabab bo‘lgan. Xususan, O‘zbekiston fuqarolari tojikistonlik hamkasblaridan oldin ovqatlanishni xohlagani, biroq ular ham xuddi shunday bo‘lishini istagani ta’kidlangan.

Oqibatda ular o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Janjalda ishtirok etgan ayrimlar boshidan jarohat olgani, reanimatsiyaga olib ketilgani aytilmoqda. Mushtashuv ishtirokchilarining aksariyati politsiyaga olib ketilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты