Prezidentning farmoyishi bilan polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan general-mayor Haydarov Ravshan Haydarovich nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Avvalroq, Jumayev Rustam Shuxratovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Moliya, ta'minot va qurilish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangani haqida xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40103 | Инструменты