Huawei 1
Myanma va Tailandda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari aniqlanmadi

Bangkokdagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi Tailandda yuz bergan zilzila oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 18:00 holatiga koʻra, 28-mart kuni Tailandda ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida Bangkok shahridagi qurilishi tugallanmagan bino qulab tushishi oqibatida 8 kishi vafot etgan va 81 nafar kishi bedarak yoʻqolgan.

"Bangkokdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan zilziladan so‘ng jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi.

Bosh konsulxona Tailandning tegishli idoralari bilan aloqada va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, biz bilan quyidagi kanallar orqali bog‘lanishingiz mumkin: Telefon: +66 2 675 3995", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40107 | Инструменты