26-mart kuni soat 16:00larda 4R-116 “Namangan-Uychi-Uchqo‘g‘on” yo‘lining 28-kilometri chorrahasida "Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan "Nexia" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida ikki avtomashinada yong'in chiqib, avtomashinalar to'liq yonib, zararlangan.
"Spark" haydovchisi “tizzasi lat yeyishi”, "Nexia" haydovchisi “chap oyog‘i lat yeyishi”, ikki nafar yo'lovchilar ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa oqibatida vafot etganlar yo'q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты