Huawei 1
Namanganda o‘zganing nomiga 40 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zlashtirgan ayol ushlandi

Namangan viloyatida yashovchi 22 yoshli B.A. hamda 21 yoshli ayol Z.M. ichki ishlar organiga murojaat qilib, ularning nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullar o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi ayol E.Z. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan E.Z., jabrlanuvchilar B.A. hamda Z.M.ga o‘zini bank operatori deb tanishtirgan va onlayn mikroqarz olib berishini aytib, ularning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 20 milliondan jami 40 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan. 

So‘ng “Sizlarga kredit berishmadi” deb aldab, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan. 

Mazkur holat yuzasidan E.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101115 | Инструменты