Huawei 1
Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

2024-yil 10-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida shahvoniy shilqimlik qilishda gumonlangan shaxs ustidan sud bo‘lib o‘tdi

Qayd etilishicha, 1986-yilda tug‘ilgan erkak 9-oktyabr kuni Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uy yonida spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatga kelib qolgan. Shundan so‘ng u bolalar maydonchasida o‘ynab yurgan qizga «buncha chiroylisan, kel quchoqlab o‘pay» degan. Sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lib, bu ishni qayta takrorlamasligini aytgan va suddan yengillik so‘ragan.

O‘z navbatida, jabrlanuvchi M.Sh. (voyaga yetmagan qizning onasi) ham sudda ko‘rsatma berib, qizi o‘yingohdan yugurib kelib, mast erkak unga qo‘li bilan ishora qilib, o‘pmoqchi ekanini bildirganini aytgan. Ayol ayblanuvchi shahvoniy shilqimlik qilganini taʼkidlab, suddan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Huquqbuzar B.M. ilgari ham jamoat joyda alkogolli mahsulot isteʼmol qilgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu dastlabki surishtiruv organi tomonidan sodir qilgan huquqbuzarlik harakati ish hujjatlarida mavjud bo‘lgan tushuntirish xatlari hamda profilaktika inspektori tomonidan tuzilgan maʼmuriy bayonnoma va boshqa hujjatlar bilan o‘z isbotini topgan.

Cud B.M.ni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) va 187-moddasi 2-qismi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish) bilan aybdor deb topib, 5 sutka maʼmuriy qamoqqa olish jazosi tayinladi.

Huquqbuzar B.M. qabul qilish muassasasi foydasiga maʼmuriy qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, yaʼni 51 ming so‘mdan 5 sutka uchun jami 255 ming so‘m qamoq xarajatlari undirilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101117 | Инструменты