Huawei 1
Indoneziyada akula qornidan amerikalik sayyohning jasadi topildi

Indoneziyada akula tutgan baliqchi uni odatiy ko‘rinishga ega bo‘lmagani uchun darhol so‘yishga qaror qildi va yirtqich ichidan odam qoldiqlarini topdi.

Keyinchalik aniqlanishicha, tana qoldiqlari amerikalik 68 yoshli sayyoh Kollin Montfortga tegishli bo‘lgan.

Michiganlik Montfort turmush o‘rtog‘i bilan Indoneziyaga yetti haftalik ta’tilga borgan. 26-sentyabr kuni er-xotin Hind okeaniga sho‘ng‘ishga qaror qilgan. Yo‘riqchi sayyohlar guruhini Alor arxipelagiga yaqin joylashgan plyajga olib borgan. G‘avvoslar yetti metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘igan.

Ayol kuchli oqim sababli guruhdan ajralgan, qolganlarning hammasi qayiqqa qaytishga muvaffaq bo‘lgan. Monfort Kollin suvda g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilar uni sakkiz kun davomida izlagan, biroq natija bo‘lmagan.

“Akulani kasal bo‘lgani uchun ovladik. Men u plastmassa yoki baliq to‘rini yutib yuborgan deb o‘yladim. U so‘yildi, ichidan esa qora g‘avvoslar kiyimidagi ayolning qoldiqlari chiqdi”, dedi baliqchi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101115 | Инструменты