Huawei 1
Katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolat ichki ishlardan Milliy gvardiyaga o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolatlarini Milliy gvardiya organlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bunda, Milliy gvardiyaning bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi, shu jumladan, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik, shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlarini mustahkamlovchi o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi Milliy gvardiya organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101117 | Инструменты