Huawei 1
Namanganda tishi singan o‘quvchini pedagoglar urmagani aniqlandi

Avvalroq, Namangan viloyatining Namangan tumanidagi 30-maktabda o‘qiydigan o‘quvchini ustozlari urib, tishini sindirgani haqida videolar tarqalgani, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatni o‘rganayotgani xabar qilingandi. O‘rganishlar natijasida pedagoglar o‘quvchini urmagani aniqlandi. Bu haqda boshqarma xabar berdi.

O‘rganishlar natijasida joriy yilning 28 yanvar kuni maktabdagi 11-sinf o‘quvchisining maktab hovlisida axloqsiz hamda nojo‘ya xatti-harakati yuzasidan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi tartibga chaqirgani, o‘quvchi pedagogga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lgani va kirish eshigiga yuzi bilan urilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, o‘quvchi maktab ichki nazoratiga olingan bo‘lib, u ko‘p dars qoldiruvchi tarbiyasi og‘ir o‘quvchi hisoblanadi. 2024 yil 4 mart kuni voyaga yetmagan o‘quvchi maktab hududida mushtlashib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani sababli uning onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. 

Yuqoridagi holat bo‘yicha hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13100 | Инструменты