Ayrim shimoliy hududlarda harorat -23 darajagacha yetgan
Navoiy Gidrometeorologiya boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, viloyatning shimoliy hududlarida anomal darajada sovuqlik kuzatilmoqda.
Shimoliy hududlarda joylashgan meteorologik stansiyalarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida (-11)-(-14) darajada sovuqlikni, shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan "Oqbaytal" meteorologik stansiyasi esa -20 darajali sovuqlikni, tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi -23 darajali sovuqlikni qayd etgan.
So'nggi bor bunchalik anormal sovuq ob-havo ushbu viloyat hududida anchadan beri kuzatilmagan edi.
Avvalroq, 4-dekabr kuni respublikaning turli hududlarida qor yog'ishi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20313 | Инструменты