Qishning ilk yakshanbasida respublikaning turli hududlarida qor yog'adi
Oʻzbekistonda bugun, 4-dekabr, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Unga koʻra, bugun Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ayrim joylarda 15-20 daraja sovuqgacha, kunduzi esa 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarida biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda biroz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushdi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20316 | Инструменты