Huawei 1
Navoiyda tunda 6 ta quyonni noqonuniy ovlagan huquqbuzar ushlandi

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Zarafshon shahar bo'limi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida 7-oktabrdan 8-oktabrga o‘tar kechasi soat 02:30larda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida huquqbuzar K.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Niva” rusumli avtomashinasi bilan Konimex tumani “Karagata” OFY hududidan noqonuniy ravishda 6 ta yovvoyi quyonni ovlab kelayotgan vaqtida Zarafshon shahri hududida to‘xtatildi. Ushbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 2 mln 250 ming so'm zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha huquqbuzarning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilib, K.A.ga tegishli bo‘lgan ov quroli IIB xodimlariga topshirildi.

Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123019 | Инструменты