Huawei 1
Qashqadaryoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan tibbiyot muassasasi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi markazi Qashqadaryo viloyati filialida 4 dona chiller sovutish tizimini (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 mlrd 182 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123019 | Инструменты