“Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi"da 180 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda stansiya matbuot xizmati xabar berdi.
Stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida yiliga 420 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning evaziga yiliga 45 ming kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Shu tariqa “Taxiatosh IES"da qurilgan quyosh fotoelektr stansiyasining umumiy quvvati 1,7 MVtga yetdi.
Korxonada muqobil energiya manbalarini joriy etish hisobiga o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi 5−6%gacha tejalmoqda.
Shuningdek, korxonada jami sig‘imi 2800 litr bo‘lgan 14ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, yuvinish xonalari to‘liq quyosh suv isitkichlariga o‘tkazilgan.
Mazkur qurilmalardan foydalanish hisobiga yiliga 15,8 ming kubmetr tabiiy gaz va 128,1 Gkall issiqlik energiyasi tejalmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты