Huawei 1
Noyabr oyida O'zbekistonda qanday ob-havo bo'lishi ma'lum bo'ldi

Yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi,  faqat bugun, 30-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 3 noyabr kuniga kelib, kechasi 10-12 darajagacha, kunduzi 23-25 darajagacha ko‘tariladi.

4-noyabrdan shimoliy hududlarga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, bu hodisa keyingi kunlarda respublikaning barcha hududlariga ta’sir etadi. 4-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 5-noyabrdan 7-noyabrgacha O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanadi. 7-noyabr kuniga kelib, harorat kechalari 6-9 daraja iliqqacha, kunduzgi harorat 12-17 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Keyinchalik oy davomida shimoliy hududlar bo‘yicha harorat kechalari 0-5 iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Janubiy hududlar bo‘yicha havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqdan 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 18-23 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 15-20 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida 30-oktabr kuni kunduzgi harorat 13-15 darajani tashkil etadi. 31-oktabrdan 3-noyabrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, harorat asta-sekin ko‘tariladi va 3-noyabrga kelib harorat kechasi 9-11 darajani, kunduzi 23-25 darajani tashkil etadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103021 | Инструменты