Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida qiymati 775,7 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,2 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,7 %), kalava-ip (46,8 %) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar-mart oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Kalava-ip – 363,4 mln
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 292,5 mln
Trikotaj mato – 69 mln
Gazlamalar – 39,3 mln
Paypoq mahsulotlari – 11,5 mln
Alpha version: 0.9.1.19 build 100511 | Инструменты