Huawei 1
O‘zbekiston aeroportlari 2024-yilda 13,5 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

2024-yilda O‘zbekiston aeroportlari 13,503 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, shundan 11,022 million nafari xalqaro reyslardan, 2,48 millioni esa ichki reyslardan foydalandi. Yo‘lovchi tashish hajmi 2023-yilga (10,409 million) nisbatan 30 foizga o‘sdi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Yil yakuniga ko‘ra, mamlakat xalqaro ayeroportlari tomonidan 113,6 mingdan ortiq reys amalga oshirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 33% ga ko‘p. Xalqaro yo‘nalishlarga 80,2 ming, ichki yo‘nalishlarga 33,4 ming reys amalga oshirildi.

Uzbekistan Airports.

O‘tgan yil davomida rezident aviakompaniyalar 73,9 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirdi va 8,735 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Xorijiy aviakompaniyalar 39,6 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirib, 4,767 milliondan ortiq yo‘lovchi tashidi.

Yuk tashish va pochta jo‘natmalari hajmi 12 oyda 87,4 ming tonnadan oshdi, bu o‘tgan yilga (71,3 ming) nisbatan 23% ga ko‘p.

Yil davomida O‘zbekiston aeroportlariga to‘qqizta yangi aviatashuvchi jalb etildi: World2Fly va IberoJet (ikkisi ham Ispaniyaniki), WizzAir (Vengriya), Batic Air (Malayziya), LOT Polish Airlines (Polsha), Qatar Airways (Qatar), Ajet (Turkiya), TezJet (Qirg‘iziston) va FlyAdeal (Saudiya Arabistoni).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11700 | Инструменты