2022-yil 9-dekabr kuni holatiga ko'ra, O‘zbekiston aholisi 36 million kishidan oshdi. Ushbu raqalamlar 1-dekabr holtiga ko'ra, 35 821 029 tani tashkil etgandi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi saytida ma’lumot berilmoqda.
Qayd etilishicha, bunda erkaklar soni 18 mln 76 ming 222 nafarni, ayollar soni 17 mln 849 ming 415 nafarni tashkil etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 tachaqaloq dunyoga kelgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda tug'ilishlar soni qariyb 5,5 mingtaga oshgan.
Shuningdek, 2022-yil 15-noyabr holatiga ko'ra, bugun Yer aholisi 8 milliard kishiga yetgandi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, keyingi 9 milliard kishiga erishish uchun 15 yil kerak bo'lishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41-o‘rinda qayd etilgan.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin:
MDH davlatlari ichida sof ish haqi reytingida O‘zbekiston nechanchi o'rinda?
1-oktyabr holatiga ko'ra, respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda
Alpha version: 0.9.1.19 build 51423 | Инструменты