1-oktyabr holatiga ko'ra, respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda

Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning 1-oktyabr holatiga ko'ra, respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda taqdim etdi.

Unga ko'ra, O'zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 35,8 mln kishiga yetgan. Undan 17,8 mln nafari ayollar, 18 mln nafari erkaklarni tashkil qiladi.

Shaharda yashovchilar – 18,2 mln. kishi
Qishloqda yashovchilar – 17,6 mln. kishi

Tug‘ilish soni – 681,8 ming kishi
O‘limlar soni – 130,4 ming kishi

Shuningdek, Gulistonda har 1000 aholiga 71,7 ta tug'ilish to'g'ri keladi. Bu Respublikadagi eng yuqori ko'rsatkich

O'zbekiston bo'yicha tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan tuman va shaharlar ro'yxatini ham taqdim etganmiz. 

Nikohlar soni – 197 mingta
Nikohdan ajralishlar soni – 36,5 mingta

Xususan, sentyabr oyida O'zbekiston bo'yicha 31,5 ming ta juftlik nikohdan o'tgan. Shu bilan birga, 9 oyda salkam 35 ming nafar oila nikohdan qonuniy ajrashgan.

Tashqi migratsiya:

Ko‘chib kelgan – 1,5 ming kishi
Ko‘chib ketgan – 3,2 ming  

Toshkent shahridan 9 oy ichida fuqarolar eng kam Namangan va Sirdaryo viloyatlariga ko'chib ketgan.

O‘zbekistonda 1 km.kv yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri keladi?

1-oktyabr holatiga ko'ra, O‘zbekistonda 1 km.kv yer maydoniga o‘rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51500 | Инструменты