15-yanvar kuni TIV binosida vazir o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Singapurning "Kingston International College" instituti rahbari Benson Mah Xok Onn hamda ushbu kompaniyaning Avstraliyadagi filiali direktori Uelli Valid Ruda bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, "Kingston International College" kasbiy taʼlim va taʼlimga ixtisoslashgan xususiy taʼlim muassasasidir. Oliygoh biznes, mehmondo‘stlik, turizm, davlat xizmatlari va ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga intilayotgan talabalar uchun keng ko‘lamli dasturlarni taklif etadi.
Suhbat chog‘ida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolarini Avstraliyada tashkiliy ishga joylashtirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini Okeaniyada ishga joylashtirish uchun O‘zbekistonda "Kingston International College" o‘quv markazlarini ochishga kelishib oldilar.
Erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston fuqarolarining Avstraliya mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiradi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buyuk Britaniya o‘zbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshirishi haqida xabar bergan edik. Unga ko'ra, Migratsiya agentligi Britaniyaning O‘zbekiston bilan ishlash istagidagi barcha rekruting operatorlari bilan shartnoma tuzib, O‘zbekiston fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты