Huawei 1
O‘zbekiston gidlar uyushmasi ekologik va ziyorat yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirgan turlarni yarata boshladi

  Bugungi kunda, butun dunyoda COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan inqiroz davrida mamlakatimizda turizm sohasini saqlab qolish, jonlantirish va rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisobalanadi.

 Ayniqsa, pandemiya sababli o‘tkazilayotgan karantin tadbirlari davrida yangi turistik marshrutlar va xizmatlarning turlarini tatbiq etish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, O‘zbekiston gidlar uyushmasi ekologik va ziyorat yo‘nalishini uyg‘unlashtirgan turlarni yaratishni boshladi. Ushbu turlarning birinchisi Toshkent viloyatining shimoli-sharqiy qismida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ilk marotaba tabiatning betakror go‘zalligi va ziyorat maskanlari uyg‘unlashgan marshrutlar turistlarga taklif qilinadi. Sayohat shubhasiz, vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlari uchun qiziqarli bo‘ladi.

 Mazkur yangi turistik marshrut Xojikent petrogliflarini, Chorvoq suv ombori, Burchimulla qishlog‘ining tosh uylarini, Bog‘uston qishlog‘idagi Shayh Umar Valiy Bo‘g‘ustoniy ziyorat majmuasini hamda mahalliy aholi hikoyalariga ko‘ra Naqshbandiya tariqati asoschisi Baxauddin Naqshbandiy tashrif buyurgan sirli g‘orni o‘z ichiga oladi. “Toshkent viloyatida joylashgan Yakkatut va Nanay qishlog‘ining mehmondo‘st aholisi bilan muloqot qilish, u yerdagi go‘zal manzaralar hech kimni befarq qoldirmaydi” deydi – O‘zbekiston gidlar uyushmasi raisi Nargiza Salomova.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112411 | Инструменты