18-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan (ME&CA) ishtirokchilar uchun Huawei ICT Competition 2024-2025 tanlovi yakunlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Toshkent shahridagi Inha universitetining 6 nafar talabasi mintaqada Huawei “ICT Academy”ning 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan final va tadbirlarda ishtirok etishdi. Taqdirlash marosimida yosh iste’dodlarning bulut, tarmoq, hisoblash va innovatsiya raqobati sohasidagi ulkan yutuqlari, shuningdek, yetakchi mintaqaviy ta'lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilarining yutuqlari e’tirof etildi.
Tadbirda davlat sektori, xalqaro tashkilotlar va akademik doiralar vakillari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri janob Sherzod Shermatov, Saudiya Arabistoni Qirolligi Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligining kelajakdagi ish o‘rinlari va imkoniyatlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari janob Ibrohim Al-Nasser, Xitoyning Saudiya Arabistonidagi elchisi janob Chan Hua, texnik va kasb-hunar ta’limi korporatsiyasi (TVTC) boshqaruvchi o‘rinbosari doktor Adel Al-Zunaidi, YUNESKO TATI direktori janob Chjan Tao va sohani rivojlantirish va logistika Milliy dasturi Bosh direktori doktor Suliman Almazrua ishtirok etdilar.
O‘zbekistonlik ishtirokchilar, TATUning uchta talabasi, tomonidan taqdim etilgan “Sahiya” loyihasi sovrinli o‘rinni egalladi va hakamlar hay’ati tomonidan raqamli inklyuziyadagi innovatsiyalar uchun taqdirlandi. Loyiha eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan odamlar uchun imo-ishora tilini raqamlashtirish va imo-ishora tilini boshqa tillarga onlayn tarjima qilish maqsadida ishlab chiqilgan ilovadir. Yechim sun’iy intellekt modeli va bulutli yechimlar asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, Huawei ICT Competition 2024-2025 Amaliy tanlovlarida ishtirok etgan TATU va Inha universiteti talabalari tarmoq yo‘nalishida (Network track) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, sovrindorlarga aylandilar. Marosimda mintaqadagi AKT Akademiyalari instruktorlarining hissasi e’tirof etildi. Jumladan, TATU o‘qituvchisi Azamat Qodirov "Outstanding new instructor" nominatsiyasida Huawei “ICT Academy”ning 50 dan ortiq talabalarini o‘qitgani, HCIA xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani va Akademiyaning universitetdagi AKT faoliyatining ajoyib natijalari uchun mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov talabalarni yutuqlari bilan tabrikladi va taqdirlash marosimidagi kirish nutqida shunday dedi: "Raqamli iste’dodlar raqamli iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, mamlakatlar va mintaqalarni intellektual dunyoni barpo etishda birlashtiradi. Bugun biz Davlat va xususiy sektor, akademik doiralar va xalqaro tashkilotlarning Huawei AKT Akademiyasiga qo‘shgan hissasini nishonlayapmiz, bu esa yangi imkoniyatlarni ochadi va yosh AKT iste’dodlariga qimmatli amaliy tajriba orttirishga yordam beradi. Biz yosh avlodning eng yaxshi raqamli kelajagi uchun samarali hamkorlikni mustahkamlashga umid qilamiz.»
YUNESKOning Ta’limdagi axborot texnologiyalari instituti (TATI) direktori Chjan Tao shunday dedi: "Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo innovatsiyalarga bo‘lgan katta sadoqatni namoyish etmoqda va kelajakda rivojlanish uchun katta imkoniyatlarga ega. Huawei AKT Akademiyasi va ICT Competition mintaqaviy flagman dasturi, hamkorlik platformasi va yosh raqamli iste’dodlarni rivojlantirish uchun innovatsion harakatlantiruvchi kuchga aylandi. YUNESKOning TATI instituti Huawei va mintaqadagi boshqa hamkorlar bilan ishlashdan faxrlanadi. Biz Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodan ko‘proq yosh iste’dodlar va ko‘proq hamkorlarni umumiy missiyamizga jalb qilish va sifatli ta’lim berish, shuningdek, tinchlik va farovonlikka to‘la dunyoni yaratish maqsadlariga erishish uchun hozirgi hamkorlikni davom ettirish va kengaytirishni istaymiz».
Huawei kompaniyasining yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi Prezidenti Stiven Yi AKT Tanlovlarini o‘tkazishning roli haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi: "AKT iste’dodlari raqamli transformatsiyaning hayot kuchi manbaidir. Biz ushbu nufuzli taqdirlash marosimida yoshlarimizga sarmoya kiritish uchun yig’ildik, bu esa o‘z navbatida hayotimiz va kelajagimizga sarmoyadir. Biz intellektual texnologiyalardan foydalangan holda sohaning muammolariga yechim topa oladigan malakali raqamli mutaxassislarga e’tibor qaratishimiz kerak. ICT Competition kabi tashabbuslar bilan biz o‘z mamlakatlarida innovatsiyalarni stimullaydigan raqamli iste'dodlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz».
Shuningdek, Stiven Yi 2025 yil uchun "T. H. E. Gold Talent" dasturini ham e’lon qildi. Ushbu dastur sun’iy intellekt davri talablariga javoban iste’dodlarni rivojlantirish dasturining kengayishini anglatadi. Loyihaning maqsadi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bog‘liq murakkab sanoat ssenariylariga yechim topish uchun yanada rivojlangan sun’iy intellekt kurslarini joriy etishdir. Dastur, shuningdek, 5G-A, bulutli yechimlar, sun’iy intellektga asoslangan AKT ta’limi, oliy ta’limni rivojlantirish uchun "aqlli" o‘quv xonalari va universitetlarga raqobatbardosh raqamli mutaxassislarni tayyorlashda yordam berish kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Ushbu dastur ko‘proq hamkorlikka qaratilgan va ish bilan ta’minlash va amaliyotni tashkil etish orqali iste’dodlarning qadrini oshirish uchun parallel kadrlar dasturlarini taklif etadi.
AKT tanlovlarining muvaffaqiyati mintaqaviy texnologik ta’limdagi tobora ortib borayotgan ahamiyatini aks ettiradi. Joriy yilda Huawei ICT Competition 2024-2025 19 mamlakatdagi 640 ta mintaqaviy universitet va kollejlardan 31 000 dan ortiq talaba ro‘yxatdan o‘tgan holda misli ko‘rilmagan ishtirokchilar sonini to‘pladi. Innovatsion tanlovlarda 290 nafar ishtirokchi, bulut, tarmoq va hisoblash yo‘nalishlari bo‘yicha Amaliy tanlovlarda 30 900 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar yozma imtihonlarda va amaliy laboratoriya ishlarida keng qamrovli baholash jarayonidan o‘tdilar, Innovatsion tanlovlar esa onlayn va oflayn himoya raundlaridan tashkil topdi. Shuningdek, ICT Competition tanlovi YUNESKO, 40 dan ortiq mintaqaviy vazirliklar, aloqa operatorlari va soha hamkorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va ma’qullandi.
Ushbu muhim tadbir Huawei kompaniyasining mintaqadagi AKT iste’dodlarini rivojlantirishga bo‘lgan o‘n yillik sadoqatining davomidir. Oltita AKT akademiyasini qo‘llab-quvvatlash Markazi (IASC) tomonidan boshqariladigan 106 ta AKT akademiyalari bilan hamkorlik orqali dastur doirasida 300 mingdan ortiq talabalar o‘qitildi va 35000 dan ortiq mutaxassislar sertifikatlandi. 2000 dan ortiq malakali o‘qituvchilardan iborat ushbu keng ko‘lamli tarmoq mintaqadagi texnologik taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan raqamli kadrlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122019 | Инструменты