Huawei 1
"O‘zbekiston temiryo‘llari" raisi: "Afrosiyob" poyezdi biror yil daromad ko‘rib ishlamagan

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" 2023-yilda 238 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisda ma’lum qildi.

Zufar Narzullayevning so‘zlariga ko‘ra, "Afrosiyob" biror yil foyda bilan ishlamagan. "Yevropada, umuman, jahon miqyosida tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot narxidan qimmat yuradi... Oddiy poyezdlarning chipta narxi ma’lum bir belgilangan tarif asosida ushlab turiladi", — deydi u.

"O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ boshqaruv raisining aytishicha, 2025-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikda yuradigan poyezdlarning chipta narxi xuddi samolyotlarniki kabi o‘zgarib turadi. "Bunda poyezd chiptasi narxi talabga qarab, xuddi samolyot chiptasi narxlari kabi o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Qolgan oddiy poyezdlarning chipta narxlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tartibga solinadi", — deydi "O‘zbekiston temiryo‘llari" rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101522 | Инструменты