Huawei 1
O‘zbekiston terma jamoasi robototexnika bo'yicha jahon chempionatida bronza medalini qo’lga kiritdi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda bo‘lib o‘tgan FIRST GLOBAL CHALLENGE robototexnika chempionatida g’olib bo’lishdi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

1) Shukrullo Sodiqov — Buxoro shahri,
2) Mahkambek Teshabayev - Toshkent shahri,
3) Nazarboy Rahmonov - Toshkent shahri,
4) Abdulaziz Mirahmedov - Toshkent shahri,
5) Aydar Ermuxon – Toshkent shahri.

“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a’lo darajada tayyorgarlik ko'rishdi. O‘zbekistonda robototexnika yildan-yilga jadal rivojlanmoqda”, - deya o’z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.

FIRST GLOBAL CHALLENGE - har yili turli mamlakatlarda o'tkaziladigan robototexnika bo'yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi.

Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100% grant yutib olgan.

Ma’lumot o’rnida, O'zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21201 | Инструменты