Huawei 1
O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika sohasida sifat va xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti masʼullari bilan uchrashdi.

Xalqaro konferensiya doirasida kechgan uchrashuvda vakillarimiz Hindiston regulyator organi dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma nazoratchisi doktor Ranga Chandrashekar bilan dori vositalari xavfsizligini taʼminlash borasida keng qamrovli muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, farmakonazorat tizimini rivojlantirish, farmatsevtika mahsulotlarining nojo‘ya taʼsirlarini kamaytirish va potensial xatarlarni oldini olish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali xalq salomatligini taʼminlash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, markaz direktori Alisher Temirov O‘zbekiston farmbozoriga sifatsiz va soxta dori vositalarining kirib kelishini oldini olish uchun samarali mexanizmlar ishlab chiqish muhimligi, bu borada aniq choralar belgilab olish va reglament hujjatlarining haqiqiyligini tekshirishda yaqin hamkorlik qilish zarurligini alohida taʼkidladi.

Hindiston tomoni sifat nazoratidan o‘tmagan farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga kirib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zining ichki nazorat mexanizmlarini yana-da takomillashtirish va Markaz bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты