Huawei 1
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi nazorat punkti yana 4 oyga yopildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Tajen” (“Dovut ota”) nazorat-o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda 3,5 tonnagacha yuk tashuvchi transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

“Bu qaror fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, nazorat punktida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarini tezlashtirish maqsadida qabul qilindi”, deyiladi qo‘mita bayonotida.

Hozirda punkt hududida metall konstruksiyalarni o‘rnatish, muhandislik tarmoqlarini yotqizish va binolarni kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning mayidan avgustigacha “QazAvtoJol” kompaniyasi “Tajen” (Qozog‘iston) va “Dovut ota” (O‘zbekiston) nazorat punktlari o‘rtasidagi neytral hududda avtomobil yo‘lini quradi. Xuddi shunday ishlar O‘zbekiston tomonidan ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari davom etayotganligi sababli Qozog‘iston rasmiy ravishda O‘zbekiston tomoniga chegara kesib o‘tishdagi cheklovlarni yana 4 oyga – 2025 yil 1 sentyabrgacha uzaytirish taklifi bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

“Fuqarolardan safar va yo‘nalishlarini rejalashtirishda ushbu ma’lumotni inobatga olishlarini so‘raymiz”, deyiladi qo‘mita bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70201 | Инструменты