Huawei 1
“O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomida qoladi” — Akmal Saidov

Fergana.media nashri muxbirining O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilish maqsadida o‘z suverenitetini cheklashga rozi bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga Akmal Saidov salbiy javob bergan.

“Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston suveren davlat ekani taʼkidlangan. Agar gap qandaydir harbiy mudofaa tuzilmalari va tashkilotlariga aʼzo bo‘lish haqida ketsa, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz hech qachon o‘z yigitlarimizni (chet elga) biron-bir harbiy, shu jumladan, tinchlikparvar missiyalarni bajarish uchun yubormaymiz. Bizning hududimizda hech qanday xorijiy harbiy bazalar bo‘lmaydi”, dedi Saidov.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkilotida O‘zbekiston uchun kuzatuvchi davlat maqomi ko‘proq mos kelishini taʼkidlagan.

“Men O‘zbekistonning YEOIIga kirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi rahbariman. Biz ushbu tashkilotning mingdan ortiq turli hujjatlarini sinchiklab o‘rganib chiqdik va bugun shunday xulosaga keldik — O‘zbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini saqlab qolishdan manfaatdor”, degan u.

Akmal Saidovning aytishcha, Qozog‘iston tomoni YEOIIga qo‘shilishdan juda kam foyda ko‘rgan. U, shuningdek, mazkur maʼlumotga kafolat bera olmasligini qo‘shimcha qilgan. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari esa Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilgan va ularga qatʼiy amal qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101913 | Инструменты