Huawei 2
O‘zbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan.

Muzeylarga 2023-yil davomida 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.

O‘zbekistondagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top 5 ta muzeylar:

Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;

Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi – 1 006,6 ming kishi;

G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;

Xiva Ichan-qalʼa davlat muzey qo‘riqxonasi – 448,4 ming kishi;

Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi – 390,3 ming kishi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga