Huawei 1
O‘zbekistonda 2023-yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma’lum qilindi

2023-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Respublikadagi 687 nafar ota-ona o‘g‘il, 625 nafari esa qiz farzandli bo'lgan.

Eng ko‘p ya'ni 172 nafar chqaloq Farg‘ona viloyatida tug'ilgan. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:

Qashqadaryo viloyati (169 nafar);
Namangan viloyati (137 nafar);
Surxondaryo  viloyati (133 nafar);
Samarqand viloyati (121 nafar) egallagan.

Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (35  nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi. E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 7 nafari egizakdir. Ayni paytda shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11316 | Инструменты