O‘tgan hafta davomida, yaʼni 6-12-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 22 096 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 202,1% ga ko‘pdir. Ularning 37,3% birja savdolariga, qolgan 62,7% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 62,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 757 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 8 245 ta bitim tuzildi.
Sement
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 41 986,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8,4 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 540,8 ming so‘mdan 457,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 27 ta xaridor ishtirok etdi.
Polietilen
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 2 680,0 tonna polietilen qo‘yildi va undan 2 669,0 tonnasi, yaʼni 99,6% qismi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 534,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 757,7 ming so‘mdan 16 679,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 80 ta xaridor ishtirok etdi.
Ammofos
Birja savdolari orqali 1 517,0 tonna ammofos sotildi. Ammofosning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 303,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 78 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammofos bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 945,6 ming so‘mdan 6 894,3 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11322 | Инструменты