Huawei 1
O‘zbekistonda AISL Harrow Schools maktabi ochilishi mumkin

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari  va Britaniyaning Harrow School'ning Osiyodagi xalqaro maktablari – AISL Harrow Schools loyihalar bo‘yicha direktori Deyzi Xo o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Deyzi Xo o‘z navbatida, Harrow School'ning Osiyodagi xalqaro maktablari haqida batafsil ma’lumot berdi va AISL Harrow Schools'ning O‘zbekistonda o‘z maktabini ochishga qiziqishini tasdiqladi.

Muzokaralar yakunida shu yilning 15-17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida AISL Harrow Schools vakillarining ishtirokini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

1572 yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta I tomonidan tashkil etilgan Harrow maktabi Iton kolleji kabi mamlakatdagi o‘quvchilarni dunyoning yetakchi oliygohlariga tayyorlab beradigan eng nufuzli bilim dargohi hisoblanadi. Maktab bitiruvchilari kelajakda o‘z sohalarining yuqori professionallari bo‘lib yetishishlari barobarida, yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda. Ular orasida Britaniyaning bir qator sobiq bosh vazirlari, shu jumladan Uinston Cherchill, Hindiston sobiq bosh vaziri Javaxarlal Neru, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy va boshqalar bor.

AISL Harrow Schools 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Harrow maktabining Osiyodagi xalqaro o‘quv dargohlarini boshqaradi. Hozirda uning Xitoy, Yaponiya va Tailandda 13 ta maktablari mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты