Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova prezident farmoniga asosan 1-fevraldan boshlab ayrim pedagoglarga 50 foiz har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili (davlat tili) fani bo‘yicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o‘zbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21119 | Инструменты