Avvalroq, Qashqadaryodagi “Taxtaqoracha” dovonida Cobalt ustiga katta tosh tushib ketgani va oqibatda mashina ichida bo‘lgan 3 nafar kishi vafot etgani haqida xabar qilgan edik.
YHXB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi, FVV hamda “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari bilan hamkorlikda Qamchiq" dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining tosh ko‘chishi xavfi bo‘lgan hududlarida maxsus tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining barcha xavfli uchastkalarida yaʼni tosh tushish ehtimoli bo‘lgan hududlarda 1.26 ogohlantirish yo‘l belgilari o‘rnatilib, to‘liq jihozlangan",- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты