Joriy yil 7-noyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida MJtK 41-1-moddasining 1-qismi bilan A.S.ga oid maʼmuriy ish materiallari ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, A.S. 2024 yil sentyabr oyida Farg‘ona shahar S.Temur ko‘chasida joylashgan futbol maktabida, o‘zi bilan birga ishlovchi maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.O‘.ga (ayol) shahvoniy shilqimlik qilib, unga turli behayo gaplar aytib, uning tana aʼzolarini ushlab, F.O‘.ning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir necha marta qo‘pol ravishda sodir etgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.S. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topildi va shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты