Qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasida nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Bundan tashqari, aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan deputatlar bergan takliflar asosida undagi normalar takomillashtirildi va loyiha matni maromiga yetkazildi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholining hayoti va sog‘lig‘ini yanada himoya qilish, millat genofondini saqlash, atrof-muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanishi haqida xabar bergan edik. Prezident Sadir Japarov 2025-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatga elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.
Maqola muallifi: I. Farhodova
Alpha version: 0.9.1.19 build 12500 | Инструменты