Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat pasaya boshlaydi va 23 fevral-yakshanba kuniga kelib, kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Bugun 21 fevralda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
22 fevralda janubiy hududlarda va cho‘l zonasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 fevralda respublikaning ko‘pchilik hududlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: 21-23 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 5-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22207 | Инструменты