Huawei 1
O‘zbekistonda hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1004-son, 21.11.2024 y.) bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o'simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga hayvonot va o'simlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, o'z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog'ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo'llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o'simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo'q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir ko'rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112223 | Инструменты